QAQM
Bosh sahifa / Maqolalar / Mebel detallarini QR kod bilan belgilash
Qo'llanma ·

Mebel detallarini QR kod bilan belgilash

Bitta oshxona 100–200 ta detaldan iborat. Raskroydan keyin ular aralashib ketadi, yig'uvchi esa qaysi tomon qayerga borishini taxmin qiladi. Birkadagi QR kod bu muammoni hal qiladi — agar unga to'g'ri ma'lumot yozilsa.

Detal birkalari varag'i: detal raqami, o'lchami, materiali, kromka belgilari va QR kod

1Nega detalni belgilash kerak

Raskroy kartasidan chiqqan detallar bir-biriga o'xshaydi: ikkita yon devor faqat teshiklari bilan farq qiladi, polka va tag o'lchami deyarli bir xil. Belgisiz detal kromka stanogida noto'g'ri tomoni bilan o'tadi, teshishda teskari qo'yiladi, yig'ishda boshqa shkafga ketadi. Har bir shunday xato — qayta kesish, kechikish va mijozning noroziligi.

2Birkada nima bo'lishi kerak

  • Buyurtma va detal raqami (pozitsiya)
  • Detal nomi: chap yon devor, tag, polka
  • O'lcham: uzunlik × kenglik × qalinlik
  • Material va rang
  • Qaysi tomonlariga kromka yopishtiriladi
  • Tola yo'nalishi (yog'och teksturali plitalarda)
  • QR kod — detalning batafsil ma'lumotiga havola

3QR kodga nima yoziladi: matn yoki havola

QR kodga detal ma'lumotini matn qilib yozish mumkin, lekin telefon uni faqat qatorlar ro'yxati sifatida ko'rsatadi. Havola yozilgan QR esa detalning sahifasini ochadi: o'lcham, kromka, teshiklar chizmasi, detal butun buyurtmaning 3D'ida qayerda turgani. Buyurtma o'zgarsa, havola yangi ma'lumotni ko'rsatadi — birkani qayta chop etish shart emas.

Havola tasodifiy kod bilan bo'lishi kerak, shunda begona odam boshqa firma buyurtmalarini topa olmaydi.

4BAZIS-Birka'dan QR bilan chop etish

BAZIS-Birka'da «Штрихкод» obyektining «QRCode» turi bor. Uning kodi formula bilan yoziladi: matn va birka parametrlarini qo'shish mumkin. Muhim nuqta: BAZIS-Raskroy'dagi «pozitsiya» modeldagi detal raqamiga har doim mos kelmaydi — bir xil detallar bitta raqam oladi. Shuning uchun QR'ga pozitsiyadan tashqari detal o'lchamini ham qo'shgan ma'qul: «Panel length» va «Panel width».

  • BAZIS-Raskroy sozlamalarida panellar uchun birka ma'lumotini yoqing
  • BAZIS-Birka'da birkaga «QRCode» shtrix-kodini qo'ying
  • Kodiga formula yozing: manzil + «Order number» + pozitsiya + o'lcham
  • Shablonni saqlang va birkalarni raskroydan chop eting

5Ustaxonada: skanerlash va nazorat

QR har bir uchastkada ishlaydi. Raskroychi detalni stopkaga qo'yishdan oldin skanerlaydi, kromkachi qaysi tomonlarga kromka borishini ko'radi, teshuvchi teshiklar chizmasini ochadi, qadoqlovchi detal qaysi qutiga ketishini biladi. Har bir skan «bajarildi» belgisi bo'lsa, rahbar buyurtma qayerda turganini va qaysi detal qolib ketganini ko'radi.

6Yig'ishda

Yig'uvchi uchun eng qimmat narsa — vaqt. QR bilan u qo'lidagi detal qayerga borishini 3D'da ko'radi, shkafning yig'ish yo'riqnomasini qadamma-qadam ochadi: qaysi detal qaysi tartibda, qancha konfirmat, petlya va yo'naltiruvchi kerak.

7QAQM'da

QAQM har bir buyurtma uchun ustaxona havolasini va birkalarni QR bilan o'zi tayyorlaydi; BAZIS modelini @qaqm_service_bot'ga yuborish ham yetarli. BAZIS-Birka uchun tayyor formula, ustaxona uchastkalari va 3D yig'ish yo'riqnomasi haqida: Mebel detallari uchun QR birka va 3D yig'ish yo'riqnomasi.

Birinchi oshxonangizni bugun loyihalang

Dasturni yuklab olish →