QAQM

QAQM'ni yuklab olish

Kompyuteringizga mos faylni tanlang. O'rnatgandan keyin akkaunt oching — 3 kun hamma imkoniyatlar bepul.

Sizning kompyuteringiz

macOS · Apple Silicon

M1, M2, M3, M4 protsessorli Mac

Yuklab olish ↓ .dmg · 12.9 MB · Versiya 0.5.0
Sizning kompyuteringiz

macOS · Intel

2020-yilgacha chiqqan Intel protsessorli Mac

Yuklab olish ↓ .dmg · 14.4 MB · Versiya 0.5.0
Sizning kompyuteringiz

Windows

Windows 10 va 11, 64 bit

Yuklab olish ↓ .msi · 12.6 MB · Versiya 0.5.0

Qaysi Mac? Apple menyusi → «Ushbu Mac haqida»: «Chip Apple M…» — Apple Silicon, «Protsessor Intel» — Intel.

macOS'da o'rnatish

  1. Yuklangan .dmg faylni oching va QAQM belgisini «Applications» (Dasturlar) papkasiga torting.
  2. Dasturlar papkasidan QAQM'ni oching. Birinchi marta macOS «tekshirib bo'lmadi» deb ochmaydi — bu normal: dastur hali Apple imzosiga ega emas.
  3. «Tizim sozlamalari» → «Maxfiylik va xavfsizlik» bo'limiga kiring, pastdagi «QAQM bloklandi» yonida «Baribir ochish» tugmasini bosing va parolni kiriting.
  4. Keyingi safar dastur odatdagidek ochiladi.

Yoki Terminal'da bitta buyruq:

xattr -dr com.apple.quarantine /Applications/QAQM.app

Windows'da o'rnatish

  1. Yuklangan .msi faylni ishga tushiring. Agar Windows «Kompyuteringiz himoyalandi» (SmartScreen) desa — «Batafsil» → «Baribir ishga tushirish».
  2. O'rnatish uchun administrator ruxsati so'raladi — «Ha» ni bosing.
  3. QAQM «Пуск» menyusida paydo bo'ladi, .qaqm loyihalari ikki marta bosish bilan ochiladi.

O'rnatgandan keyin

Fayl to'liq yuklanganini tekshirish (SHA-256)
15a3402d960c8260affe7111a534d8096f9ffa10c7617d39f4c0ff0e9d0d7ed9  qaqm-0.5.0-macos-arm64.dmg
824f1fe2f31fde072190f70a6a4c9896b9272f7121df3b3ad50721f4730c0016  qaqm-0.5.0-macos-x86_64.dmg
42d4ea48a6c7c9504928d94ed21f306f64c5187ac679d34d5323cfaeea5647d2  qaqm-0.5.0-windows-x86_64.msi

Savol yoki muammo bo'lsa — Telegram @qaqm_uz.

← Bosh sahifa