QAQM
01 / Loyihalash

Oshxona mebelini loyihalash dasturi

Butun oshxonani bitta formada quring: 3D ko'rinish, mijozga narxli taklif, raskroy, присадка va ChPU fayllari — hammasi bitta modeldan.

Windows · macOS · LinuxO'zbek · Русский · EnglishBazis fayllari bilan mos
L-shaklidagi oshxona — 3D
QAQM: L-shaklidagi oshxona 3D ko'rinishda — eman fasadlar, oq korpus, moyka va plita vyrezli tosh stoleshnitsa
02 / Muammo → yechim

Bitta oshxona — beshta dastur va Excel. Endi bitta model.

✕Hozir

Umumiy CAD qimmat va oshxona uchun ortiqcha. Narx Excel'da qo'lda hisoblanadi, raskroy alohida qilinadi, присадка xatolari ishlab chiqarishda chiqadi.

✓QAQM bilan

Faqat korpus mebel va oshxona uchun. Modulni o'zgartirsangiz — detallar, narx, raskroy va teshiklar o'zi qayta hisoblanadi.

03 / Uch qadam

Oshxona loyihalashdan ishlab chiqarishgacha

1

Oshxona sxemasi

Orqa, chap va o'ng devor bo'ylab modullarni bitta formada tanlang: to'g'ri, L yoki U shakl. Stoleshnitsa, vyrezlar va tsokol avtomatik.

Oshxona joylashuvi formasi
2

3D va tekshiruv

X-ray rejimida tokcha, krepej va teshiklar ko'rinadi. Tekshiruv ustma-ust tushgan detallar, devor bo'ylab bo'shliqlar va listga sig'maydigan detallarni topadi.

X-ray rejimi: krepej va teshiklar
3

Hujjatlar bir bosishda

Mijozga taklif PDF, raskroy kartalari, QR-kodli birkalar, chizmalar, Excel spetsifikatsiya va ChPU uchun DXF.

Raskroy kartasi PDF
04 / AI yordamchi

Oshxonani o'zbekcha so'z bilan tasvirlang

Yordamchi avval rejani ko'rsatadi, siz tasdiqlaganingizdan keyin shu oynada quradi — har bir o'zgarish darhol ko'rinadi. Xona eskizi suratidan o'lchamlarni oladi.

  • QAQM akkaunti bilan — kalit kerak emas, oylik limit bilan
  • Yoki o'z Claude, OpenAI, Gemini kalitingiz
  • Butun javobni bitta tugma bilan bekor qilish
  • Suhbat loyiha yonida saqlanadi
CLAUDEOPENAIGEMINI
05 / Ishlab chiqarish

Ishlab chiqarish uchun tayyor fayllar: raskroy, присадка, ChPU

Bir xil detallar bitta pozitsiya raqamini oladi. LDSP raskroy kartalari eng kam list va eng katta qoldiq bo'yicha tuziladi, obrezkalar omborga yoziladi.

.pdf.xlsx.dxf.xml.b3d
Raskroy kartalari
raskroy.pdf
Raskroy kartalari
QR-kodli birkalar, 70×40 mm
birkalar.pdf
QR-kodli birkalar, 70×40 mm
Yig'ish chizmasi
chizmalar.pdf
Yig'ish chizmasi
Detallar va spetsifikatsiya
spetsifikatsiya.xlsx
Detallar va spetsifikatsiya
dxf/ — ChPU, BAZIS-ЧПУ qatlamlariraskroy.xml — BAZIS-Раскройspec.xml — 1C va ChPUmodel.b3d — Bazis-Mebelshchik
Mijoz uchun tijorat taklifi PDF: 3D rasm, modullar va narxlar
06 / Mijozga taklif

Oshxona narxini mijoz oldida hisoblang

Namuna: to'g'ri oshxona, 2450 mm

7 926 770 so'm

  • Plita, kromka va furnitura narxi katalogdan
  • Ishlar: arralash, kromkalash, присадка, yig'ish
  • Ustama, foyda va soliq foizi
  • Seriya uchun ish narxi koeffitsienti, obrezka ombori
Namuna taklif (PDF) ↓
07 / Bazis bilan moslik

Bazis fayllari bilan ishlaydi

FormatOchishSaqlash
.b3d — Bazis-Mebelshchik modeli✓✓
.fr3d — furnitura va fragmentlar✓—
BAZIS-Раскрой loyihasi (XML)—✓
XML spetsifikatsiya — 1C va ChPU—✓
DXF — BAZIS-ЧПУ qatlamlari—✓
BAZIS-Script (.js) — ishga tushirish✓—

QAQM mustaqil dastur, Bazis-Center bilan bog'liq emas. «Bazis-Mebelshchik» va «BAZIS-Раскрой» nomlari faqat fayl mosligini bildirish uchun keltirilgan.

08 / Imkoniyatlar

Korpus mebel va oshxona uchun hamma narsa

1

9 xil modul

Pastki, moyka, tortmali, duxovka, burchak, penal, yuqori, yuqori burchak, idish quritgich.

600 × 820 × 560
2

Furnitura присадка bilan

Blum, Hettich, LIBRA, Boyard: petlya, lift, yo'naltirgich va ilgaklarning teshiklari.

Ø35 × 13
3

32 mm tizimi

Konfirmat, minifiks, shkant; polka ushlagichlari zaxira teshiklari bilan.

32 mm
4

To'g'ri, L va U oshxona

Yon devorlardagi modullar xonaga qarab buriladi, burchakda falshpanel.

90°
5

Stoleshnitsa va vyrezlar

Pastki modullar ustida o'zi quriladi; moyka va plita vyrezi modul o'rtasida.

38 mm
6

Tsokol plankalari

Ножкали modullar oldida, list uzunligidan oshsa — teng bo'laklarga.

H 100
7

Teksturalar

Material teksturasi, tolasi yo'nalishi, Baltlaminat artikul bo'yicha qidirish.

1000 × 1000
8

4 oyna va x-ray

Old, chap, ust va 3D bir vaqtda; eshik va tortmalarni 3D'da ochish.

3D / OLD / UST
9

Bekor qilish va tekshiruv

Har bir o'zgarishni qaytarish; xato o'zgarish sababini ko'rsatib rad etiladi.

Ctrl+Z
3D
U-shaklidagi oshxona: grafit fasadlar, qora tosh stoleshnitsa
3D
To'g'ri oshxona: shalfey rang fasadlar
09 / Narxlar

Narxlar

Tekin

3 kunlik sinov

0 so'm

  • Barcha imkoniyatlar 3 kun
  • Namuna oshxonalar
  • O'zbekcha qo'llanma

Pro · oylik

1 ish o'rni

600 000 so'm/ oy

  • Barcha imkoniyatlar
  • AI yordamchi, oylik limit
  • Telegram orqali yordam
  • Istalgan oy to'xtatish mumkin
10 / Kimlar uchun

Mebel firmasi uchun dastur

QAQM — oshxona mebeli (kuxnya garnituri) va korpus mebel ishlab chiqaradigan firma va korxonalar uchun dastur. Dizayner mijoz bilan oshxona dizaynini 3D'da kelishadi, konstruktor detallar va присадкани tekshiradi, ishlab chiqarish bo'limi raskroy kartalari va ChPU fayllarini oladi — hammasi bitta loyihadan.

Mebel loyihalash dasturlari ko'p, lekin ko'pchiligi umumiy va qimmat. QAQM buyurtma oshxona uchun kerak bo'lgan ishlarni tez qiladi: modul tanlash, fasad va kromka, stoleshnitsa, narx hisoblash va LDSP kesish.

  • Mebel korxonasi

    Buyurtmadan raskroy va присадкагача — bitta modeldan, xatosiz.

  • Oshxona dizayneri

    Mijoz oldida 3D oshxona dizayni va narx, shu kuni taklif PDF.

  • Konstruktor

    Detallar, krepej, 32 mm tizimi, chizmalar va spetsifikatsiya.

  • Yakka usta

    Kichik buyurtmalar uchun ham to'liq hujjatlar: raskroy, birkalar, narx.

11 / Savollar

Ko'p beriladigan savollar

Bazis fayllarini ocha oladimi?

Ha. .b3d va .fr3d modellar ko'rish, raskroy va hujjatlar uchun ochiladi, «Tahrirlanadigan qilish» bilan o'z loyihangizga aylanadi. Saqlash: .b3d, BAZIS-Раскрой XML, XML spetsifikatsiya va BAZIS-ЧПУ qatlamlaridagi DXF.

Qaysi kompyuterda ishlaydi?

Windows (64-bit), macOS (Apple Silicon va Intel) va Linux. Windows uchun o'rnatuvchi (.msi), macOS uchun .dmg.

AI uchun alohida to'lov kerakmi?

QAQM akkaunti bilan AI yordamchi kalitsiz ishlaydi, har oy belgilangan limit bilan. Xohlasangiz, o'z Claude, OpenAI yoki Gemini kalitingizni kiritib, provayderga to'g'ridan-to'g'ri to'laysiz.

Shkaf va boshqa korpus mebelni ham loyihalasa bo'ladimi?

Ha. Shkaf, komod, tumba va javonlar uchun shablonlar, bo'shliqqa tokcha, eshik va tortma qo'yish, erkin panellar bor. Oshxona uchun qo'shimcha: tayyor modullar va butun oshxona formasi.

LDSP raskroy kartasini chiqaradimi?

Ha: eng kam list va eng katta qoldiq bo'yicha, kromka припуски va obrezka ombori bilan. Natija — PDF kartalar, BAZIS-Раскрой XML va ChPU uchun DXF.

Oshxona narxini so'mda hisoblaydimi?

Ha. Plita, kromka, furnitura va ishlar narxini firmangiz katalogidan oladi, ustama, foyda va soliqni qo'shadi va mijozga so'mdagi PDF taklif chiqaradi.

Internet kerakmi?

Loyihalash va 3D ko'rinish internetsiz ishlaydi. Loyihani saqlash, hujjatlar (raskroy kartalari, chizmalar, Bazis fayllari, tijorat taklifi), AI yordamchi va bulut uchun internet kerak: hujjatlar QAQM serverida tayyorlanadi va litsenziya tekshiriladi.

Ruscha interfeys bormi?

Ha: o'zbekcha, ruscha va inglizcha. Taklif, raskroy kartalari, birkalar va chizmalar ham tanlangan tilda chiqadi.

Telefonda ishlaydimi?

Android ilovasi bor: loyiha, 3D va narx. Telefonda boshlangan loyiha bulut orqali korxonadagi kompyuterda ochiladi.

Yordam bormi?

Dastur bilan o'zbekcha qo'llanma keladi. Savollarga Telegram orqali javob beramiz.

Birinchi oshxonangizni bugun loyihalang

Dasturni yuklab olish →