QAQM
Bosh sahifa / Korpus mebel loyihalash dasturi
Korpus mebel

Korpus mebel loyihalash dasturi

QAQM oshxona uchun qurilgan, lekin shkaf, komod, vanna tumbasi va javonlar ham shu dasturda loyihalanadi. Kenglikni o'zgartirsangiz, barcha detallar qayta hisoblanadi.

QAQM
Old ko'rinish: bo'shliqqa tortmalarni sichqoncha bilan joylash

1Shablon va bo'shliqlar

  • Shkaf shablonlari: pastki, osma, L-burchak, stoleshnitsa
  • Tsokol (plita yoki rostlanadigan ножкалар), orqa devor (mixlangan yoki pazga)
  • Bo'shliqni sichqoncha bilan to'ldirish: tokcha, to'siq, eshik, tortmalar — qo'shni detallar orasiga o'zi moslashadi
  • Maydonlarda formulalar: 600-4, (W-T)/2

2Erkin panellar va kontur

Panellar uch tekislikda: surish, burish, massiv nusxa, ko'zgu, o'lchamni tutqichlar bilan o'zgartirish. Konturda yumaloqlash, faska, vyrez va qirra bo'ylab paz.

3Krepej va присадка

  • Konfirmat, minifiks, shkant, polka ushlagichi, «minifiks + shkant»
  • 32 mm tizimi: nuqtalar orasi 32 ga karrali, birikma o'rtasida
  • Petlya va yo'naltirgichlar o'z teshiklari bilan
  • Detal chizmalarida teshiklar koordinatalari bilan

4Ko'rish va tekshiruv

3D, x-ray, simli ko'rinish va teksturalar; «4 oyna»; eshiklarni ochish va tortmalarni chiqarish — biror narsaga tegsa qizil bo'ladi. Model tekshiruvi ustma-ust tushgan detallarni, panelsiz krepejni va listdan katta detallarni topadi.

Birinchi oshxonangizni bugun loyihalang

Dasturni yuklab olish →