QAQM
Bosh sahifa / Maqolalar / Oshxona mebeli standart o'lchamlari
Qo'llanma ·

Oshxona mebeli standart o'lchamlari

Oshxona loyihalashda ko'p savollar o'lchamdan boshlanadi: stoleshnitsa qancha balandlikda, yuqori shkaf qayerdan boshlanadi, modul kengligi qancha bo'ladi. Quyida keng tarqalgan o'lchamlar va QAQM'dagi standart qiymatlar.

QAQM
To'g'ri oshxona 3D: penal, duxovka moduli, tortmalar, moyka va yuqori modullar

1Asosiy o'lchamlar jadvali

ElementOdatdagi o'lchamQAQM'da standart
Ishchi yuza (stoleshnitsa ustki qismi) balandligi850–900 mm858 mm (820 + 38)
Pastki modul korpusi balandligiножкалар bilan 820–870 mm820 mm, shundan ножкалар 100 mm
Pastki modul chuqurligi (korpus)520–580 mm560 mm
Stoleshnitsa chuqurligi va qalinligi600 mm; 28–40 mm600 mm; 38 mm
Yuqori modul balandligi va chuqurligi700–900 mm; 300–350 mm720 mm; 300 mm
Yuqori modullar pastki chetining poldan balandligi1350–1450 mm1400 mm
Penal balandligi2000–2200 mm2120 mm (yuqori modullar tepasi bilan bir xil)
Modul kengliklari300, 400, 450, 500, 600, 800 mmhar qanday; standart 600

2Stoleshnitsa va yuqori shkaf orasidagi masofa

Ishchi yuza va yuqori modul orasida odatda 450–600 mm qoldiriladi: kamroq bo'lsa, stoleshnitsa ustida ishlash noqulay, ko'proq bo'lsa, yuqori tokchaga qo'l yetmaydi. QAQM standartida bu masofa 542 mm (1400 − 858).

Plita ustidagi vytyajka uchun alohida masofa kerak — uni texnika ishlab chiqaruvchisining yo'riqnomasidan oling.

3Modul kengligini tanlash

  • Moyka moduli — moyka kosasidan kamida 50–100 mm kengroq; 800 mm keng tarqalgan
  • Duxovka moduli — o'rnatiladigan duxovka uchun odatda 600 mm
  • Tortmali modul — 400–600 mm; keng tortmalar uchun kuchli yo'naltirgich kerak
  • Eshik bitta bo'lsa — 600 mm gacha; kengroq modulga ikki eshik
  • Burchak (глухой угол) moduli — yon devordagi modullar unga tegib turadi, shuning uchun falshpanel va prostavka hisobga olinadi

4Tsokol va ножкалар

Pastki modullar odatda 100–150 mm rostlanadigan ножкаларда turadi, old tomoni tsokol plankasi bilan yopiladi. Pol notekis bo'lsa, ножкалар bilan modullar bir tekislikka keltiriladi.

5QAQM'da qanday ishlaydi

Modul turini tanlaysiz — o'lchamlar shu standartlar bo'yicha o'zi qo'yiladi, keyin istalgan qiymatni o'zgartirasiz: kenglik, balandlik, chuqurlik, ножка, tsarga. Detallar, raskroy va присадка o'zi qayta hisoblanadi.

Birinchi oshxonangizni bugun loyihalang

Dasturni yuklab olish →