QAQM
Bosh sahifa / LDSP raskroy dasturi
Raskroy

LDSP raskroy dasturi

QAQM'da raskroy alohida dastur emas: oshxona modelidan detallar ro'yxati, raskroy kartalari va присадка bir vaqtda chiqadi. Modulni o'zgartirsangiz, mebel kesish kartalari ham qayta tuziladi.

QAQM
LDSP raskroy kartasi: detallar 2800×2070 list ustida

1Raskroy kartasi qanday tuziladi

Dastur ko'p joylashuv variantini sinab ko'radi va eng yaxshisini tanlaydi: avval eng kam list, keyin eng katta yaxlit qoldiq. List o'lchami, arra qalinligi (propil) va list chetidan qirqim har bir material uchun alohida beriladi.

Tolali (teksturali) detallar burilmaydi — tolasi listning uzunligi bo'ylab qoladi. Bir xil detallar bitta pozitsiya raqamini oladi.

2Obrezka ombori

  • Detallar avval ombordagi shu plita va qalinlikdagi obrezkalardan kesiladi, eng kattasidan boshlab
  • Obrezka kamida 30% to'lsa ishlatiladi (chegarani o'zgartirish mumkin)
  • Yangi kartalardagi 200×300 dan katta qoldiqlar buyurtma nomi bilan omborga yoziladi
  • Ombor faqat siz tasdiqlaganingizda o'zgaradi — avval natijani ko'rib olasiz

3Kromka va припуск

Har bir kromka uchun фуговка припуски beriladi: shu kromkali qirralarda detal kattaroq kesiladi. Kromka qalinligiga panel qirqiladimi yoki yo'qmi — bu ham sozlanadi, shuning uchun detal o'lchami raskroyda to'g'ri chiqadi.

4Ishlab chiqarish uchun fayllar

  • Raskroy kartalari va «Ishlab chiqarish uchun panellar» — PDF yoki HTML
  • BAZIS-Раскрой loyihasi (XML) присадка bilan
  • Detal birkalari: A4 varaqda 20 ta, 70×40 mm, QR-kod bilan
  • ChPU uchun DXF — har pozitsiyaga alohida fayl

Birinchi oshxonangizni bugun loyihalang

Dasturni yuklab olish →