1Vizualizatsiya yoki ishlab chiqarish
Ba'zi dasturlar (masalan, PRO100) tez o'rganiladi va salonlarda mijozga loyiha ko'rsatish uchun qulay. Bazis-Mebelshchik kabi to'liq CAD tizimlari esa seriyali ishlab chiqarish uchun mo'ljallangan, lekin o'rganish uchun ko'proq vaqt talab qiladi. Umumiy 3D muharrirlar (Blender, SketchUp) raskroy, kromka va furnitura spetsifikatsiyasini chiqarmaydi.
2Dastur nimalarni chiqarishi kerak
- Detallar ro'yxati — kesish o'lchamlari, material va kromka bilan
- Raskroy kartalari — propil, tekstura va qoldiqlar hisobga olingan
- Присадка — teshiklar sxemasi, ChPU uchun fayl
- Furnitura va materiallar spetsifikatsiyasi, smeta
- Chizmalar va detal birkalari
- Mijoz uchun narxli taklif
3Oshxona va boshqa korpus mebel — turli vazifalar
Oshxonada tayyor modullar, stoleshnitsa, o'rnatiladigan texnika va burchak yechimlari ko'p uchraydi — modulli yondashuv vaqtni tejaydi. Shkaf va nostandart mebel uchun esa erkin konstruktor kerak. Yaxshi dastur ikkalasini ham qo'llashi kerak.
4Til, o'rganish va qo'llab-quvvatlash
Dizayner va konstruktor dasturni o'z tilida ishlatsa, xato kam bo'ladi. Mijozga taklif ham uning tilida va so'mda chiqishi kerak. Yordam qaysi tilda va qanday kanal orqali berilishini oldindan bilib oling.
5Fayl almashish
Agar sexda Bazis bilan ishlaydigan raskroy yoki ChPU bo'lsa, yangi dastur .b3d, BAZIS-Раскрой XML yoki mos DXF chiqara olishi kerak — aks holda hamma narsani qaytadan kiritishga to'g'ri keladi.
6QAQM qayerga to'g'ri keladi
QAQM oshxona ishlab chiqaradigan firmalar uchun: modulli oshxona formasi va erkin konstruktor, o'zbekcha interfeys, so'mda narx, raskroy, присадка, ChPU DXF va Bazis fayllari bilan mos. 3 kun bepul sinab ko'rish mumkin.