QAQM
Bosh sahifa / Maqolalar / Konfirmat, minifiks yoki shkant
Qo'llanma ·

Konfirmat, minifiks yoki shkant

Korpus mebelning mustahkamligi va yig'ish qulayligi birikmaga bog'liq. Uchta eng keng tarqalgan krepejni solishtiramiz: konfirmat, minifiks (ekssentrik) va shkant.

QAQM
X-ray rejimi: korpusdagi krepej va teshiklar

1Teshiklar (QAQM'dagi standart присадка)

KrepejYuzadagi teshikQirradagi teshikIzoh
Konfirmat 7×50Ø8, teshib o'tadiØ5, chuqurligi 50 − qalinlik + 3 mmKallagi tashqaridan ko'rinadi
Minifiks 15kosacha Ø15×13, birikmadan 34 mmØ8×34 (sterjen uchun)Ikkinchi detalda Ø5×13 vtulka uchun
Shkant 8×30Ø8×13Ø8×20Odatda konfirmat yoki minifiks bilan birga
Polka ushlagichi 5Ø5×9—Zaxira teshiklar 32 mm qadam bilan

2Konfirmat

Eng arzon va tez: bitta vint ikki detalni mahkam tortadi. Kamchiligi — kallagi korpus tashqarisidan ko'rinadi (qopqoq bilan yopiladi) va ko'p marta yechib-yig'ishga chidamsiz. Oshxona pastki modullari uchun keng tarqalgan.

3Minifiks

Ekssentrik kosacha ichkarida yashiringan bo'ladi, tashqaridan ko'rinmaydi va mebelni bir necha marta yechib-yig'ish mumkin. Присадка murakkabroq va qimmatroq. Ko'rinadigan yon devorlar, shkaf va yotoqxona mebeli uchun qulay.

4Shkant

Detallarni aniq joyiga qo'yadi va siljishga qarshilik beradi, lekin o'zi tortmaydi. Shuning uchun ko'pincha minifiks yoki konfirmat yonida ishlatiladi ("minifiks + shkant").

532 mm tizimi

Furnitura teshiklari orasidagi masofa 32 mm ga karrali bo'lsa, petlya, yo'naltirgich va polka ushlagichlari bitta присадка qatoriga tushadi. Bu присадка stanogini sozlashni soddalashtiradi va xatolarni kamaytiradi.

6QAQM'da

Korpus birikmalariga krepej avtomatik qo'yiladi (standart — konfirmat, minifiks yoki "minifiks + shkant" tanlanadi), teshiklar ikkala detalda ham chiziladi, polka ostiga ushlagich va zaxira teshiklar qo'yiladi. Присадка chizmalarda, Bazis fayllarida va ChPU DXF'ida chiqadi.

Birinchi oshxonangizni bugun loyihalang

Dasturni yuklab olish →